Google Xaritalar Yakuniy foydalanuvchi uchun qoʻshimcha xizmat shartlari
Oxirgi tahriri: 2025-yil 4-iyun
Google Xaritalar yoki Google Maps Platform xizmatlarini birlashtirgan har qanday uchinchi tomon mahsulot yoki xizmatlaridan foydalanish orqali siz yakuniy foydalanuvchi sifatida (1) Google Xizmat shartlari va (2) ushbu Google Xaritalar Qoʻshimcha xizmat shartlarini (”Xaritalar Qoʻshimcha shartlari”) qabul qilishingiz kerak. Xaritalar qoʻshimcha shartlari Google Xaritalar/Google Earth va Google Xaritalar/Google Earth API uchun huquqiy eslatmalarni oʻz ichiga oladi.
Bu hujjatlarni diqqat bilan oʻqib chiqing. Bu hujjatlar birgalikda Shartlarni tashkil etadi. Unda Google xizmatlaridan foydalaningizda siz va bizning majburiyatlarimiz haqida bayon qilingan.
Biznes profilingizni boshqarish uchun Google Xaritalardagi faqat sotuvchilarga moʻljallangan funksiyalardan foydalansangiz, https://support.google.com/business/answer/9292476 manzilidagi Google Biznes profili shartlari ushbu foydalanishga tatbiq etiladi.
Maxfiylik siyosatini oʻqib chiqishni tavsiya qilamiz. Unda qanday maʼlumotlar olinishi, nima uchun olinishi va maʼlumotlarni qanday yangilash, boshqarish, eksport qilish va oʻchirib tashlash tushuntirilgan.
Litsenziya. Bu Shartlarga rioya qilsangiz, Google xizmat shartlari sizga Google Xaritalar/Google Earth ishlatish uchun litsenziya beradi, unda quyidagilarga ruxsat berilgan:
xaritalarni koʻrish va izohlash;
KML fayllar va xarita qatlamlarini yaratish; hamda
kontentni onlayn, videoda va bosmada mos attributlar bilan ommaviy namoyish etish.
Google Xaritalar doirasida ruxsat berilgan amallar haqida batafsil axborot uchun Google Xaritalar, Google Earth va Street View ishlatish ruxsatlar sahifasini oching.
Taqiqlangan xatti-harakatlar. Bu 2-boʻlimga rioya qilishingiz Google Xaritalardan foydalanish uchun litsenziyangiz shartidir. Google Xaritalar ishlatsangiz, quyidagilar taqiqlanadi (yoki nomingizdan ish yurituvchiga ruxsat berish):
Google Xaritalar xizmatining biror qismini qayta tarqatish yoki sotish yoki Google Xaritalar asosida yangi mahsulot yoki xizmatni yaratish;
kontentdan nusxa olish (Google Xaritalar, Google Earth va Street View xizmatlaridan foydalanish ruxsatlari sahifasi yoki mos intellektual mulk huquqiga oid qonun, jumladan, “vijdonan foydalanish” shartlari ruxsat bergan hollardan tashqari);
kontentni yoppasiga yuklab olish yoki ommaviy kanallar yaratish (yoki buni qilishga ruxsat berish);
Google Xaritalar xizmatining oʻrnini bosuvchi yoki oʻxshash xizmatlar ishlatishda xaritalashga aloqador axborot toʻplamini (jumladan, xaritalash yoki navigatsiya axborotlari toʻplami, kompaniyalar haqida axborot bazasi, tarqatma xabarlar roʻyxati yoki telemarketing roʻyxati) yaratish yoki koʻpaytirish uchun Google Xaritalar xizmatidan foydalanish; yoki
Android Auto kabi maxsus Google funksiyalaridan tashqari, real vaqtda navigatsiya yoki transport vositasini avtonom boshqarish uchun yoki ularga ulanish uchun boshqa mahsulotlar yoki xizmatlar bilan Google Xaritalar xizmatining biror qismidan foydalanish.
Amaldagi shartlar; Xatar taxminlari. Google Xaritalar xarita maʼlumotlari, tirbandlik, marshrutlar va boshqa kontentdan foydalanganingizda, haqiqiy sharoitlar xaritadagi natijalar va kontentdan farq qilishi mumkin, shu sababli siz mustaqil hukm chiqarasiz va javobgarlikni anglagan holda Google Xaritalar xizmatidan foydalanasiz. Har doim xatti-harakatlaringiz va uning oqibatlariga javobgarsiz.
Google Xaritalardagi kontentingiz. Siz Google Xaritalar orqali yuklagan, topshirgan, saqlagan, yuborgan yoki olgan kontent Google Xizmat shartlari bilan tartibga solinadi, jumladan, “Kontentingizni ishlatishga ruxsat” deb nomlangan qismdagi litsenziya ham amal qiladi. Biroq faqat qurilmangizga lokal (masalan, lokal saqlangan KML fayl) kontent Googlega yuklanmaydi yoki yuborilmaydi va shu sababli bu litsenziya bilan tartibga solinmaydi.
Hukumatga aloqador foydalanuvchilar. Agar Google Xaritalar xizmatlarini davlat muassasasi vakili sifatida ishlatsangiz, quyidagi shartlar amal qiladi:
Tartibga soluvchi qonunlar.
- Amerika Qoʻshma Shtatlari va Yevropa Ittifoqidagi shahar yoki shtat hukumat organlari uchun Google Xizmat shartlarining boshqaruv huquqi va joyiga oid qismi tatbiq etilmaydi.
- Amerika Qoʻshma Shtatlari federal hukumat idoralari uchun Google xizmat shartlarining qonun va joyni boshqarish boʻlimi quyidagilar bilan almashtiriladi: ”Bu shartlar Amerika Qoʻshma Shtatlari qonunlariga muvofiq boshqariladi, talqin qilinadi va tatbiq etiladi, bunda qonunlar ziddiyatiga yoʻl qoʻyilmaydi. Faqat federal qonunchilik tomonidan ruxsat etilgan darajada: (A) Kaliforniya shtati qonunlari (Kaliforniya qonunlar ziddiyati qoidalari bundan mustasno) amaldagi federal qonunchilik mavjud boʻlmaganda tatbiq etiladi; va (B) ushbu Shartlar yoki Google Xaritalardan kelib chiqadigan yoki ularga aloqador har qanday nizo faqat Kaliforniyaning Santa-Klara okrugi federal sudlarida koʻrib chiqiladi va tomonlar ushbu sudlarda shaxsiy yurisdiksiyaga rozilik beradi.”
AQSH hukumati tomonidan cheklangan huquqlar. AQSH federal hukumatining Google Xaritalar xizmatlaridan foydalanishi uchun Google Xaritalar/Google Earth huquqiy eslatmalari doirasidagi “AQSH hukumati tomonidan cheklangan huquqlar” boʻlimi bilan tartibga solinadi.